“Farmasevtika sohasini tartibga solish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoni (PF-20-son, 23.01.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko`ra, 2024 yil 1 iyuldan:
➖dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlovchi, ulgurji hamda chakana realizasiya qiluvchi tashkilotlar aholini sifati, xavfsizligi va samaradorligi kafolatlangan dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta`minlash uchun mas`ul bo`lgan tashkilot sifatida e`tirof etiladi hamda ularga nisbatan davlat nazoratini amalga oshirishning alohida qoidalari belgilanadi;
➖dori vositalaridan foydalanish bilan bog`liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan, xalqaro standartlar talablari asosida farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi;
➖dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlovchi, ulgurji hamda chakana realizasiya qiluvchi tashkilotlarda ularga berilgan lisenziya talablariga rioya etilishini bir yilda ko`pi bilan bir marotaba vakolatli organni xabardor etish orqali nazorat qilish tartibi joriy etiladi;
➖dori vositalari va biologik faol qo`shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish uchun ishlab chiqilgan kontent Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan xulosa asosida efirga uzatiladi;
➖yangi tashkil etiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanadigan bojxona omborlari va erkin omborlar majburiy ravishda “Zarur saqlash amaliyoti – GSP” talablariga muvofiq tashkil etiladi.
24.01.2024 19:42
1 iyuldan dorilar bilan bog`liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlashga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi






