"O`zgidromet" 25−31 yanvar kunlari sodir bo`lishi mumkin bo`lgan qor ko`chish xavfidan ogohlantirdi.
Unga ko`ra, kutilayotgan yog`ingarchilik hamda havo haroratining o`zgarishi sababli respublikaning tog`li hududlari, jumladan:
- Toshkent viloyatining Bo`stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog`lari);
- Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko`chish xavfi e`lon qilinadi.
Tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog`li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rish so`raladi






