AsosiyJamiyat

1 apreldan chiqindi xizmatlari uchun QQS imtiyozi bekor qilinadi

'1 apreldan chiqindi xizmatlari uchun QQS imtiyozi bekor qilinadi'ning rasmi

Joriy yilning 1 aprelidan boshlab chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun QQS bo`yicha nol darajali stavka hisoblanishi bekor qilinadi.

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi axborot xizmati ma`lum qilishicha, mazkur tartibni joriy etilishi bo`yicha mas`ul Soliq organi tomonidan berilgan tushuntirishga ko`ra, xizmat ko`rsatuvchi korxona tomonidan ko`rsatiladigan sanitar tozalash xizmatlari qiymatiga nisbatan qo`shilgan qiymat solig`i hisoblanadi.

Ya`ni, masalan amaldagi xizmat qiymati 4000 so`mni tashkil etsa, ushbu qiymatga nisbatan 1 apreldan boshlab 12 foiz miqdorda qo`shilgan qiymat solig`i hisoblanganda jami xizmat qiymati 4480 so`mni tashkil etadi.

Ma`lumot uchun: amaldagi xizmat qiymati 4000 so`m × 12% qo`shilgan qiymat solig`i = 4 480 so`m.

    Boshqa yangiliklar