Mo`g`uliston poytaxti Ulan-Batorda 60 tonnalik gaz tashuvchi transport portlab ketdi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda.
Portlash oqibatida hudud yaqinidagi bozor va 30 dan ortiq mashinalar yonib ketgan. Yong`in oqibatida to`qqiz kishi halok bo`ldi, yana o`nga yaqin odam jarohatlandi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 62 xonadondan 178 nafar fuqaroga moddiy va jismoniy zarar etgan. 600 dan ortiq o`t o`chiruvchi va 100 ta texnika jalb qilingach yong`in bartaraf etilgan.






