Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog`istondagi avtosalonda turgan yangi elektormobil o`zidan o`zi yonib ketishi oqibatida salondagi hamma mashinalar olov ichida qolgani aks etgan video xabar tarqaldi.
FVVning xabar berishicha, yong`in bugun, 24 yanvar kuni soat 20:17 da Qoraqalpog`iston Respublikasi, Beruniy tumani, “Shabbaz” OFY, To`rtko`l shox ko`chasida joylashgan elektromobil avtosalonida sodir bo`lgan.
Shunga ko`ra, 3 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 20:23 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 20:48 da o`rab olingan va soat 21:08 da o`chirilgan.
Yong`in natijasida avtosalonning 90 kv.m. maydonda tom qismi va bir dona "BYD" rusumli avtomobil yonib zararlangan.
Yong`in sabab va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Yong`in oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar to`g`risida hozircha ma`lumot kelib tushmagan.






