AsosiyDunyo

Kavkazning ko`p madaniyatli va bag`rikeng mamlakati: Ozarbayjon va uning dunyoga taqdim etgan unikal modeli haqida bilasizmi?

'Kavkazning ko`p madaniyatli va bag`rikeng mamlakati: Ozarbayjon va uning dunyoga taqdim etgan unikal modeli haqida bilasizmi?'ning rasmi

Bugungi maqolamiz Kavkazning ko`p madaniyatli va bag`rikeng mamlakati, Janubiy Kavkazning etakchi davlati - Ozarbayjon haqidadir.

Ozarbayjon ham O`zbekiston kabi ko`p madaniyatli va tolerant bir mamlakatdir. Janubiy Kavkazda joylashgan, qadimiy tarixga, boy madaniyatga ega, O`zbekistonga yaqin, qardosh o`lka bo`lgan Ozarbayjon doim betakror tabiati, maftunkorligi, unikalligi bilan ajralib turadi.

Ozarbayjon aholisi musulmon, turkiy tilli xalq bo`lishiga qaramasdan, o`lkada ko`plab madaniyatlar namoyon bo`ladi, millat vakillari istiqomat qiladi, bir so`z bilan aytganda, o`lkada ko`p konfessiyali bir jamiyat shakllangandir.

Multikulturalizm va tolerantlik tarixan ozarbayjonliklarning hayot tarzi bo`lib, Ozarbayjonda masjidlar, cherkovlar, sinagogalar hech qanday hasad va tashvishlarsiz yonma-yon faoliyat ko`rsatayotgan, ko`plab milliy va etnik ozchiliklarning tinch va osoyishta hayotda yashayotgan multikulturalizm markazi sifatida butun dunyoga tanilgan va qabul qilingandir.

Mamlakatning tarixiy rivojlanish xususiyatlari, geografik maqomi, aholisining etnik tarkibi turli dinlarning mavjudligi uchun sharoitlar yaratdi. Millati, tili, dini, e`tiqodi, odat-an`analaridan qat`i nazar Ozarbayjonda barcha odamlar teng huquqlarga egadir.

Qadimiy Ipak yo`lida joylashgan, G`arb va Sharq orasida ko`prik rolini bajargan, Janubiy Kavkazning etakchi davlati bo`lgan Ozarbayjon tarix davomida turli dinlar mavjud bo`lgan joy bo`lib kelgan.

Ozarbayjon xalqining ko`p madaniy o`tmishi nafaqat xalqning bugungi bag`rikeng turmush tarzi, balki ular yaratgan adabiy-badiiy, ilmiy-falsafiy, siyosiy-huquqiy manbalarda, hujjatlarda ham o`z aksini topgandir.

Hozirda Ozarbayjon modeli, o`lkaning bag`rikenglik tajribasi boshqa o`lkalarga namuna bo`lmoqda, uni o`rganish muhimligi qayd etilmoqda va bu jarayonlar Ozarbayjonning muvaffaqaiyatli siyosatidan dalolatdir.

Ozarbayjonda bag`rikenglik xalqning milliy ma`naviy qadriyatlari, tafakkur tarzidan kelib chiqqan holda, uning boshqa millatlar, samoviy dinlar va turli madaniyatlarga nisbatan tarixan  bag`rikenglik munosabatida bo`lishi bilan alohida ajralib turadigan bir o`lka hisoblanadi.

Alohida davrlarda Ozarbayjon hududida zardushtiylik, butparastlik, yahudiylik, xristianlik, islom va boshqa bir qancha diniy jarayonlar keng yoyilgan, bu jarayonda ular muayyan darajada rivojlanish bosqichini bosib o`tgan. VII asrdan boshlab islom dini dunyoning turli hududlarida bo`lgani kabi, Ozarbayjonda ham tarqalishni boshlagan. Tarixan ko`p millatli, ko`p konfessiyali davlat, islomiy qadriyatlar, ko`p madaniyatli an`analar diyori bo`lgan Ozarbayjonda milliy va diniy bag`rikenglik davlat siyosati darajasiga ko`tarilgandir. Etnik va diniy xilma-xillik o`lkaning milliy boyligi sifatida qadrlanadi. Ozarbayjonda davlat-din munosabatlari yuksak darajadadir.

Ozarbayjon turli madaniyatlarni o`zida aks ettirgan tarixiy yodgorliklarga ega mamlakatdir. Dunyoning eng qadimiy masjidlaridan biri Ozarbayjonning ko`hna shahri bo`lgan Shamaxida 743 yilda bunyod etilgandir. Bundan tashqari, eng qadimiy cherkovlardan biri - qadimgi Kavkaz Albaniyasi davriga oid bo`lgan cherkov Ozarbayjonning yana bir qadimiy shahri Shakin yaqinidagi Kish qishlog`ida joylashgandir. Ozarbayjon davlatining yuqori siyosati natijasida mamlakatda masjidlarning, pravoslov va katolik cherkovlarining, shuningdek sinagogalarning qurilishi va ta`mirlanishini                           qo`llab-quvvatlash va bu ishni doimo e`tibor markazida saqlash o`lkani yana bir bora jalb etuvchi, qiziqarli bir mamlakat sifatida dunyoga tanitmoqda. Asrlar davomida Ozarbayjon o`lkada mavjud bo`lgan siyosiy va ijtimoiy vaziyatga qaramasdan bu boylikni saqlab kelmoqda.

 Multikulturalizmning turli modellari - AQSh, Shvesiya, Avstraliya, Kanada kabi turli modellari bo`lishiga qaramay, Ozarbayjonning dunyoga taqdim etgan modeli bir qancha taraqqiy topgan davlatlar tomonidan rag`batlar bilan qabul qilinmoqda va namuna sifatida tatbiq etilmoqda. Bu model tarixiy ildizlarga tayangani uchun yanada baraqarordir.

AQSh  davlatining Yuta va Oregon shtatlari Senat va Vakillar Palatalari tomonidan Ozarbayjonning bag`rikenglik modelini olqishlagan bayonnomaning qabul qilinishi yuqorida aytilganlarga yaqqol misoldir.

 Ozarbayjon xalqining Umumiy lideri Haydar Alievning hokimiyatga qaytishidan so`ng o`lkada diniy faoliyat sohasida mamlakatda barqarorlikka erishildi, umummiliy lider tomonidan konfessiyalar o`rtasida o`zaro bag`rikenglik muhitini saqlash va mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ulkan ishlar diniy e`tiqodlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi va natijada diniy jamoalarning normal faoliyati uchun huquqiy-ma`naviy sharoit yaratildi. “Ozarbayjon modeli” ning keyingi muvaffaqiyatli targ`iboti Prezident Ilhom Alievning irodasi va tashabbusi bilan olib borilayotgan siyosatning natijasidir.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Alievning e`lon qilgan “Multikulturalizm” va “Islom birdamligi” yillari Ozarbayjon davlatining dunyoda kechayotgan jarayonlarga qo`shgan qimmatli hissasidir. Ozarbayjonda 2017 yilning “Islom birdamligi yili” sifatida e`lon qilinishi bilan musulmon o`lkalari, shu jumladan, tinchlikparvar insoniyat uchun platforma yaratildi.  

Prezident Ilhom Aliev tashabbusi bilan o`tkazilgan “Islom birdamligi yili” bilan bog`liq xalqaro konferensiyalarni dinlar va madaniyatlararo dialog platformasining yaratilishiga katta imkoniyatlar bermoqdadir. Ozarbayjon ham turli tadbirlarga mezbonlik qilishi bilan, qolaversa, dunyoning turli mamlakatlarida o`tkazilgan xalqaro konferensiyalarda muvaffaqiyatli ishtiroki, islom birdamligi mustahkamlanishi uchun bu borada qilayotgan samarali fikr almashinuvi va hamkorlikning kuchaytirlishijarayonida faol rol o`ynamoqdadir.

Bu kontekstda 2017 yil oktyabr oyining 18 kunida O`zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida “Islom birdamligi O`zbekiston-Ozarbayjon do`stligi timsolida” mavzusida tashkil qilingan xalqaro konferensiyaning ahamiyatiga katta e`tibor qaratmoq lozim.

Musulmon uyg`onishida muhim rol o`ynagan Ozarbayjon va O`zbekiston Sharq bilan G`arb orasida birlashtiruvchi ko`prik bo`lib, turli madaniyat, dinlarning va konfessiyalarning rivojiga hissa qo`shgandir. Bugungi kungacha saqlanib kelinayotgan bag`rikenglik, madaniy-etnik rang-baranglik, bag`rikenglik muhiti xalqlarimizning ma`naviy boyligini ko`rsatgan tarixiy yutuqdir. Bugun bag`rikeglik va multikulturalizm kabi tarixiy an`analarga sodiq qolgan davlatlarimiz xalqaro maydonda Islom dunyosi va boshqa davlatlar bilan munosabatlarning mustahkamlanishiga birdek ahamiyat qaratmoqda.

 2011 yildan boshlab, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Alievning o`z tashabbusi bilan har ikki yilda bir Bokuda Butunjahon madaniyatlararo muloqot forumi o`tkaziladi. Bu forumlar YuNESKO, BMT ning Sivilizasiyalar alyansi, Evropa Kengashi, Evropa Kengashining Shimol-janub markazi, Islom dunyo tahsil, ilmiy va madaniy tashkiloti, Jahon sayyohlik tashkiloti tomonidan tashkil etiladi. Haydar Alev fondining Parijda, Moskvada, Berlinda, Rimda, Vatikanda tashkil etgan tadbirlari o`lkamizning multikulturalizm modelining targ`ibotida muhim rol o`ynagan.

Ozarbayjonning qo`llab-quvvatlashi bilan Parijning Luvr muzeyida Islom madaniyati bo`limining ochilishi, Vatikanda ilk bora musulmon o`lkasi – Ozarbayjon ko`rgazmasining tashkil etilishi o`lkamizning madaniyatlararo muloqotga, shuningdek islomiy madaniyatga bo`lgan hurmatidir. Islom Birdamligi o`yinlarini o`tkazish uchun Bokuning tanlanishi esa bunga yaqqol misoldir.

Dinlararo, madaniyatlararo muloqot va hamkorlikka katta ahamiyat qaratgan Ozarbayjonningbirinchi vise-prezidenti Mehribon xonim Alievaning faolliyati ham davlatimizning global miqyosdagi masalalarning echimiga qo`shayotgan hissasini oshirmoqda.

Bag`rikengik an`analarining targ`ibotida, milliy-madaniy va ma`naviy merosning tanitilishida, shuningdek dunyoning turli burchaklarida ko`rgazmlarninamoyish qilishda Haydar Aliev fondining katta xizmatlari bor. Ozarbayjon multikultural an`analarning saqlanishi, targ`iboti bilan bog`liq Haydar Aliev fondi muhim loyihalarni amalga oshiradi. Ushbu loyihalar Ozarbayjon multikulturalizmining bir o`lka doirasida yopiq rivojlanishini emas, balki dunyoda dinlar va madaniyatlar xilma-xillikda faoliyat ko`rsatishini amalga oshiradi.

Mehribon xonim Alievaning tashabbusi bilan o`tkazilgan “Madaniyatlararo muloqotda ayollar rolining kuchaytirilishi”, “Globallashuv sharoitida madaniyatlarning roli”, “Ko`p madaniyatli dunyoda tinch-totuv yashash”, “Ozarbayjon – bag`rikenglik makoni” loyihalarini alohida qayd etish kerak.

 Ozarbayjon o`zining etnografik xilma-xilligi bilan alohida ajralib turadi. 2009 yilning aholini ro`yxatga olish ma`lumotlariga ko`ra, Ozarbayjon aholisining 8,4 % ini miliy ozchiliklar, kam sonli xalqlar va etnik guruhlarning vakillari tashkil etadi. Umuman olganda o`lkada 30 dan ortiq kam sonli xalqning va etnik guruhlarning vakillari yashaydi. Ozarbayjonda yashagan har bir xalq vakillarining madaniyati, ma`naviy qadriyatlari turli qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. Din, e`tiqod ozodligi Ozarbayjonda to`liq shaklda ta`minlanadi. Bu erda turli millat va elatlar, xalqlar, din va konfessiyalar, madaniyat vakillari mehribon, do`stlik, qardoshlik muhitida yashaydi. Mamlakatda muntazam ravishda o`tkaziluvchi festivallar, konferensiyalar, ko`rgazmalar ham insonlarning birgalikda yashashlari nuqtai nazaridan katta ahamiyatga egadir.

 Ozarbayjon Respublikasida ixcham shaklda turli etnos vakillari yashaydi va ularning har biri o`z moddiy va ma`naviy madaniyatini, tilini, tarixiy xotirasini, mentalitetini, etnik o`zini o`zi anglash va etnopsixologiyasini saqlab qolgan o`ziga xos xususiyatlarning tashuvchilaridir. Etnik ozchiliklarga mahalliy aholi bilan bir xil madaniy huquqlar va o`lkaning madaniy merosidan foydalanish huquqiberilgandir.

Etnik ozchiliklarning ixcham yashagan erlarida umumta`lim maktablarining boshlang`ich sinflarida ona tili o`qitiladi: o`quv dasturlari va darsliklar, folklor va she`riy to`plamlar, badiiy adabiyotlar muayyan tillarda nashr etiladi; gazeta va jurnallar chiqariladi, davlat milliy teatrlari, badiiy jamoalar faoliyat yuritadi.

 Davlat-din munosabatlarining zamonaviy Ozarbayjon modeli doirasida barcha dinlar qonun oldida teng maqomga egadir. Davlat mamlakat fuqarolarining ko`pchiligini tashkil etadigan musulmonlar huquqlarini ta`minlash bilan birga, respublika hududida tarqalgan barcha an`anaviy dinlarga ham e`tibor qaratadi. 

Prezident Ilhom Aliev doimiy tarzda o`lkada yashagan xalqlarning, diniy jamoalarning vakillari bilan uchrashuv o`tkazadi, ularning ehtiyoj va muammolari bilan qiziqadi, milliy va diniy bayramlari munosabati bilan tabrik yo`llaydi.

Shu tariqa, respublikada turli etnik guruhlarning yashashi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgandir.

Lekin, shuni ham aytish kerakki, Ozarbayjonda madaniy xilma-xillik etnik ozchiliklarning shunchaki jamlanmasi sifatida tushunilmaydi, balki Ozarbayjon umummilliy birdamlikni rivojlantirish uchun qulay muhitdir.

Boshqacha so`z bilan aytganda, etnik, diniy va boshqa mansubligidan qat`i nazar mamlakatda yashovchi har bir fuqaro Ozarbayjonning boyligidir.  

    Boshqa yangiliklar