AsosiyJamiyat

O`zbekiston Xitoy bilan aviaqatnovlarni haftasiga 100 taga etkazadi

'O`zbekiston Xitoy bilan aviaqatnovlarni haftasiga 100 taga etkazadi'ning rasmi

O`zbekiston va Xitoy o`rtasidagi aviaqatnovlarni haftasiga 100 taga etkazish bo`yicha kelishuv imzolandi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Pekinda Transport vazirligi delegasiyasi hamda Xitoy aviasiya ma`muriyati o`rtasida imzolangan ushbu kelishuv tomonlar o`rtasida aviaqatnovlar hajmini haftasiga 100 taga (har ikki mamlakat aviakompaniyalari tomonidan 50 tadan) olib chiqishdan tashqari, parvozlar geografiyasini kengaytirish maqsadida O`zbekiston va Xitoy aviakompaniyalari uchun ikki mamlakatning istalgan shaharlariga parvoz etish imkoniyatini yaratish (hozirda parvozlarni amalga oshirish uchun 7 ta shahar belgilangan), shuningdek, xizmat ko`rsatuvchi 3 ta aviakompaniyalar sonini cheksiz aviakompaniyalarga o`zgartirishni ham nazarda tutadi.

Mazkur kelishuv Xitoy aviasiyasi ma`muriyati tomonidan mamlakat qonunchiligiga muvofiq ichki kelishuv jarayoni tugatilgandan so`ng 2024 yilning aprelida ikki mamlakat aviasiya hukumatlarining qo`shimcha uchrashuvi yakunlariga ko`ra kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar