AsosiyJamiyat

Toshkentda kanatli jamoat transporti yo`lga qo`yiladi

'Toshkentda kanatli jamoat transporti yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Toshkentda Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda kanatli jamoat transporti yo`lga qo`yiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 23 yanvar kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkat Umurzoqov boshchiligidagi delegasiya Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.

Shavkat Umurzoqov Shavkat Mirziyoevning ko`rsatmalariga muvofiq Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar, jumladan, “yashil” jamoat transportini rivojlantirish dasturlari haqida gapirdi. Hamkorlikning bir nechta variantlari, shaharda taklif etilayotgan transport turlari va yo`nalishlari ko`rib chiqish uchun taklif etildi.

Bey Kyu hamkorlikdan manfaatdor ekanligini va Toshkent tomonining ushbu yo`nalishdagi barcha tashabbuslarini qo`llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo`yicha “Toshkent invest kompaniyasi” AJ va Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd o`rtasida investisiya shartnomasi imzolandi. Loyiha erusti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlashga qaratilgan bo`lib, jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Ularning tavsiyalari va takliflari Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co.,Ltd. loyiha ofisiga yuboriladi. Kompaniya, o`z navbatida, uning amalga oshirilishini va operasion boshqaruvini ta`minlaydi.

Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co.,Ltd. Xitoy va Shveysariyaning Bartholet Maschinenbau AG kompaniyasi o`rtasidagi qo`shma korxona bo`lib, kanat yo`llari, istirohat bog`lari, mashinasozlik va yoritish uskunalari sohasida jahon etakchilaridan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar