AsosiyJamiyat

Gruziyaning aviakompaniyasi O`zbekistonga aviaqatnovlar uchun ruxsatnoma oldi

'Gruziyaning aviakompaniyasi O`zbekistonga aviaqatnovlar uchun ruxsatnoma oldi'ning rasmi

Gruziyaning Geo Sky aviakompaniyasi O`zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda “O`zaviasiya” agentligi xabar bermoqda. 

“O`zaviasiya” agentligi tomonidan O`zbekiston va Gruziya o`rtasida havo qatnovi to`g`risidagi hukumatlararo Bitim asosida 2024 yil 24 yanvar kuni Geo Sky aviakompaniyasiga O`zbekistonga Tbilisi-Toshkent-Tbilisi yo`nalishi bo`yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun Ekspluatasion ruxsatnoma rasmiylashtirib berildi.

Aviakompaniya parvozlarni Boeing 737-300 rusumli havo kemalarida amalga oshiradi.

Aviakompaniya saytida xabar qilinganidek, 20 fevraldan boshlab Boeing 737-300 samolyotlarida parvozlar haftasiga ikki marta: seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi

    Boshqa yangiliklar