AsosiyJamiyat

"BYD" kompaniyasi Shavkat Mirziyoevga YANGWANG U8 avtomobilini hadya qildi

'"BYD" kompaniyasi Shavkat Mirziyoevga YANGWANG U8 avtomobilini hadya qildi'ning rasmi

Davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida prezident Shavkat Mirziyoev Shenchjen shahrida Xitoyning etakchi "BYD" kompaniyasi bosh qarorgohi va texnologiyalar markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif chog`ida kompaniya yutuqlariga bag`ishlangan ko`rgazma, avtomobillar va boshqa turdagi texnikalarning ishlab chiqarilayotgan va istiqbolli modellari, kompaniyaning yangi texnologiyalari va ilg`or ishlanmalari namoyishi bo`lib o`tdi.

Davlat rahbari kompaniya prezidenti Van Chuanfu bilan birga Jizzax viloyatida yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillarni yig`ish bo`yicha loyihani ishga tushirishga bag`ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoev yaqin istiqbolda bozordagi talabdan kelib chiqib modellar qatorini kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatini yiliga 300 ming donagacha oshirish zarurligini ko`rsatib o`tdi.

Shuningdek, kompaniyaning O`zbekistonda "BYD" elektr avtobuslarini yig`ishni yo`lga qo`yish, ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish va muhandislik-servis markazlarini tashkil etish borasidagi rejalari qo`llab-quvvatlandi.

Tashrif chog`ida kompaniya O`zbekistonga 10 minginchi avtomobilini etkazib berganining ramzi sifatida Shavkat Mirziyoevga YANGWANG U8 avtomobili hadya qilindi.

    Boshqa yangiliklar