AsosiyJamiyat

Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi xorijiy OTMlarda o`qitiladi

'Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi xorijiy OTMlarda o`qitiladi'ning rasmi

Qarorga ko`ra, 2024/2025 o`quv yilidan:

➖tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida etakchi xorijiy OTMlar va markazlarda o`qitiladi;

➖tibbiyot OTMlarining bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik ko`nikmalarni shakllantirish maqsadida ko`p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to`lanadigan internatura tashkil etiladi;

➖Toshkent tibbiyot akademiyasining ta`lim dasturlari xalqaro akkreditasiyadan o`tkaziladi; 

➖tibbiyot yo`nalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi. 

Quyidagi magistrlik yo`nalishlari joriy etiladi hamda har yili kamida 150 nafar mutaxassislarni davlat buyurtmasi asosida tayyorlash choralari ko`riladi: 

- “Jamoat salomatligini tashkil etish va boshqarish ”(Public Health and Healthcare Management); 

- “Jamoat salomatligi: epidemiologiya va ma`lumotlar tahlili ”(Public Health: Epidemiology and data science/data analytics); 

- “Jamoat salomatligi: ovqatlanish ”(Public Health: Nutrition); 

- “Profilaktik tibbiyot” (Preventive Medicine);

- “Jismoniy faollik va reabilitasiya” (Physical Activity and Rehabilitation).

    Boshqa yangiliklar