Soat 17:30 da Toshkent shahridagi 110 kVli “L-Botanicheskaya-2” elektr uzatish tarmog`ida nosozlik yuzaga kelgan, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi axborot xizmati.
Ma`lum qilinishicha, Mirzo Ulug`bek va Yunusobod tumanlari iste`molchilari qisman (3500 ta) elektr ta`minotidan uzilgan.
Hozirgi vaqtda maxsus brigada tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etiladi va iste`molchilarning elektr ta`minoti qayta tiklanadi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun iste`molchilardan uzr so`raymiz, deyiladi xabarda.
25.01.2024 18:43
Nosozlik yuzaga keldi: Toshkentning ikki tumanida aholi “svet”siz qoldi






