Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman bo`limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar K.S., M.O. va O.Z. fuqaro Sh.Sh.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida Evropa davlatlari orqali Amerika Qo`shma Shtatlariga yuborishi hamda viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishlari evaziga 32 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida fuqaro O.Z. fuqaro Sh.F.ni va uning oila a`zolarini Fransiya davlatiga borishlari uchun viza hujjatlarini olib berishi evaziga 3 900 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan o`zining viza kartasiga o`tkazib olganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Oqdaryo tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar H.A. G.M. va J.A. fuqaro R.M.ning ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida 7 000 AQSh dollari evaziga Kanada davlatiga ishga yuborishini aytib, oldindan 1 500 AQSh dollari va 600 ming so`mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
25.01.2024 18:52
Toshkent va Samarqandda fuqarolarni AQSh, Fransiya va Kanadaga yuborishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi






