Sirdaryo, Surxondaryo hamda Navoiy viloyati mahalla uyushmasiga boshliqlar tayinlandi. Bular:
Karimov Oybek Abdunabievich O`zbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.
Sherpo`lat Boyqulov Mamaraimovich O`zbekiston mahallalari uyushmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.
Tayinlovga qadar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Surxondaryo viloyati filiali rahbari vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.
G`ofir Aliev O`zbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.






