“Sog`liqni saqlash sohasida islohotlarni chuqurlashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-38-son, 22.01.2024 y) qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, Sog`liqni saqlash vazirligi tuzilmasida davlat muassasasi shaklida
“Sog`liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisi tashkil etiladi.
Loyiha ofisi quyidagi ustuvor yo`nalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga mas`ul etib belgilandi, jumladan:
- davlat tibbiy sug`urtasi tizimini va davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketini to`liq joriy etish;
- tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligi ustidan nazorat tizimini takomillashtirish;
- davlat xaridlari samarasi va shaffofligini oshirish, farmasevtika sohasini isloh qilish;
- sanitariya qoida va normalarini zamonaviy talablar asosida yangilash.
2024 yilda:
➖ 40 ta sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari to`liq qayta ko`rib chiqiladi va xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi;
➖respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya, kardiologiya, endokrinologiya, dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari,
Bolalar milliy tibbiyot markazi hamda Milliy tibbiyot markazining faoliyatiga zamonaviy boshqaruv usullari va tibbiy yordam xavfsizligi va sifatining yuqori standartlari joriy etiladi hamda ular xalqaro akkreditasiyadan o`tkaziladi.






