AsosiyJamiyat

Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida faoliyat yuritayotgan yashirin sexlar aniqlandi

'Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida faoliyat yuritayotgan yashirin sexlar aniqlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkabog` tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlarda 2 nafar fuqaro noqonuniy daromad orttirish maqsadida Qamashi tumanidagi “Oqguzar” va Yakkabog` tumanidagi “Chaydari” MFY hududida jami 1 224 dona "Yangi Shahrisabz" va “Shahrisabz arog`i” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini boshqa fuqarolarga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Departamentning To`rtko`l tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. “Sho`raxon” OFY hududida yashovchi fuqaroning uyida yashirin sex tashkil qilib, iste`molga yaroqsiz “QARATAW” nomli alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 912 dona qalbaki aksiz marka, 378 dona tayyor mahsulot, 240 litr alkogol mahsuloti, 172 dona markirovka, 45 litr spirt va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Bandixon tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “A.” xususiy korxonasi savdo do`koni rahbari A.B. 150 dona “Juravli” nomli qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotayotgan vaqtida ushlanib, ushbu savdo do`konidan yana 375 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar