AsosiyJamiyat

“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2023 yil yakunlariga ko`ra “Hududlar reytingi” e`lon qilindi

'“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2023 yil yakunlariga ko`ra “Hududlar reytingi” e`lon qilindi'ning rasmi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi har chorak yakuniga ko`ra, “Ochiq byudjet” axborot portalida fuqarolarning byudjet jarayoniga jalb etilishi hamda tashabbusli byudjetlashtirish tadbirlarining amalga oshirilishi samaradorligi va natijadorligi yuzasidan hududlar faoliyatini baholab boradi.

An`anaga muvofiq, “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida hududlar faolligini baholash maqsadida 2023 yil yakunlariga ko`ra erishilgan ko`rsatkichlar asosida “Hududlar reytingi” shakllantirildi.

Hududlar faolligini baholash quyidagi me`zonlarni o`z ichiga oldi:

• ishchi komissiya tomonidan saralash bosqichi haqqoniy va sifatli o`tkazilishini baholash;

• aholi jalb etilishini baholash (kelib tushgan loyihalar va ovoz sonining mavjud aholi soniga nisbati);

• “Fuqarolar tashabbusi jamg`armasi”ga mablag`lar o`z vaqtida va to`liq o`tkazilishini baholash;

• g`olib loyihalarni amalga oshirishning samaradorligi va natijadorligini baholash (loyihalarning jamoatchilik nazoratidan o`tkazilishi);

• loyihalar moliyalashtirilishidan kelib chiqib baholash (loyihalar uchun jami ajratilgan mablag`ga nisbatan pudratchilarga to`lab berilgan mablag` nisbati).

Baholash natijalariga ko`ra:

— Aholi jalb etilishi bo`yicha "Eng faol hudud" — Farg`ona viloyati;

— Jamoatchilik nazorati bo`yicha "Eng faol hudud" — Namangan viloyati;

— Loyihalar ijrosi bo`yicha "Eng faol hudud" — Xorazm viloyati.

— 3 ta hudud 71 dan 100 gacha ball to`plab — “yashil hudud”;

— 11 ta hudud 55 dan 71 gacha ball to`plab — “sariq hudud” deb topildi.

    Boshqa yangiliklar