Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Guliston” MFYda yashovchi fuqaro D.O. yashash xonadonida hech qanday hujjatsiz tijorat maqsadida kompyuter o`yinlari xizmatini tashkil etib, kompyuterlarni umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga ulab, jami 177 mln so`m elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Asaka tuman bo`limi tomonidan tuman ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “Sh.B.” fermer xo`jaligi rahbari M.Sh. hech qanday hujjatsiz 2 ta suv nasosini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga ulab, jami 153 mln so`m elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda Asaka tuman ETK muhandisi F.Ya. fermer xo`jaligi rahbari M.Sh.ning ishonchiga kirib, elektr hisoblagich o`rnatib berishi hamda hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 13 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Shahrixon tuman bo`limi tomonidan “O`zenergoinspeksiya”va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “O`.Sh.” fermer xo`jaligi rahbari M.A. hech qanday hujjatsiz 2 ta suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog`iga ulab, jami 106 mln so`m elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 169-moddasi (o`g`rilik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatli o`tkazilmoqda.
25.01.2024 20:47
4 ta hududda "svet"ga noqonuniy ulanib olganlar qo`lga tushdi






