Joriy yilning 25 yanvar kuni soat 23:30 da Andijon viloyati Shahrixon tumanida joylashgan Asaka avtorurargohida tashkil etilgan buyum bozorida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida FVBga xabar tushgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Shunga ko`ra, 20 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 23:32 da hodisa joyiga etib borib, yong`in 26 yanvar kuni soat 00:30 da o`rab olingan va soat 01:53 da bartaraf etildi.
Yong`in natijasida taxminan 700-800 kv.m maydon yonib zararlangan.
Yong`in oqibatida fuqarolarni kuyish tan-jarohatini olish va halok bo`lish holatlari to`g`risida ma`lumotlar kelib tushmadi.
Hozirda yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.






