AsosiyJamiyat

Belgiyaning O`zbekistondagi elchisi o`z missiyasini yakunladi

'Belgiyaning O`zbekistondagi elchisi o`z missiyasini yakunladi'ning rasmi

2024 yilning 25 yanvar kuni O`zbekiston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Muzaffar Madrahimov mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Belgiya Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Mark Mixelson bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat chog`ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, ko`p tomonlama tuzilmalar yo`nalishidagi hamkorlik masalalari ko`rib chiqilgan.

“TIV rahbari o`rinbosari Elchining samarali faoliyatini qayd etib, uning O`zbekiston va Belgiya o`rtasidagi o`zaro manfaatli aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirishga qo`shgan shaxsiy hissasini yuqori baholaydi. M.Mixelson, o`z navbatida, Belgiya Elchisi sifatidagi faoliyati doimiy qo`llab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar