Sog`liqni saqlash vazirligi, Xitoy Savdo-sanoat palatasi va Henan Costar Group kompaniyasi o`rtasida O`zbekiston tez tibbiy yordam xizmati uchun zamonaviy elektromobillarni etkazib berish bo`yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.
“Uchrashuvimiz davomida 150 mln AQSh dollarlik kelishuvlarga erishildi. Ya`ni, tez tibbiy yordam xizmati uchun zamonaviy avtotransport vositalarini kerakli ravishda etkazib beramiz. Shuningdek, yaqin kelajakda bu turdagi elektromobillarni mamalakatingizni o`zida ishlab chiqarishni yo`lga qo`yamiz”, — degan Henan Costar Group kompaniyasi bosh direktori Yao Xuatin “O`zbekiston24” telekanaliga bergan intervyusida.
Respublika tez tibbiy yordam markazi bosh direktori Abduvoit G`afurovning ma`lum qilishicha, Iveco elektromobillari test sinovi tariqasida O`zbekistonning turli hududlarida foydalanib ko`riladi va natijasi bo`yicha tez yordamga elektromobillar joriy qilinadi.
Iveco eng zamonaviy elektromobil bo`lib, bitta quvvatda 450 kilometrgacha yuradi. Yoqilg`i-moylash masalasida 10 baravar tejamkor. Mashina namlikka va issiqqa chidamli bo`lib, xizmat qilish davri juda katta.
Abduvoit G`afurov, shuningdek, Xitoy kompaniyasi buyurtma asosida bir nafar paramedik feldsher yuradigan ixcham avtomobil yaratib berganini ham ma`lum qildi. Ushbu avtomobil kuniga 15 tadan 25 tagacha chaqiruvlarni bajara oladi.