AsosiyDunyo

Halokatga uchragan Rossiya samolyotidan 1,2 million dollar o`g`irlab ketildi

'Halokatga uchragan Rossiya samolyotidan 1,2 million dollar o`g`irlab ketildi'ning rasmi

Afg`onistonning Badaxshon viloyatida halokatga uchragan Rossiyaning Falcon 10 samolyotidan 1,2 million dollar o`g`irlab ketildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily nashri ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 21 yanvar kuni “GazPromAvia”ga tegishli biznes-jet Gaya—Toshkent—Moskva yo`nalishida uchayotganda halokatga uchragan, oqibatda ikki yo`lovchi – tadbirkorlar Anna va Anatoliy Evsyukovlar halok bo`lgan. Ekipajning to`rt a`zosi esa turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Portal ma`lumotlariga ko`ra, halokatga uchragan samolyotga birinchi bo`lib “Tolibon” Qurolli kuchlari shtabi boshlig`i Fasihuddin Fitratga aloqador bo`lgan bir guruh odamlar etib kelgan.

O`g`rilikdan xabar topgan Badaxshondagi “Tolibon” gubernatori Muhammad Ayub Xolid voqeani tekshirish uchun komissiya tayinladi.

Shuningdek, o`g`irlangan pullar kimga tegishli bo`lgani ochiqlanmagan.

    Boshqa yangiliklar