Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzordagi Ippodrom bozor yaqinida Spark avtomobili ayanchli YTHga uchragani aks etgan videolar tarqalmoqda.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.
Ma`lumotda keltirilishicha, joriy yilning 26 yanvar kuni soat 02.20 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko`chasi Chilonzor buym bozori qarshisida 2004 yilda tug`ilgan A.T. boshqaruvida bo`lgan davlat raqami 01 F 260 CC belgili Malibu 2 rusumli avtomashinasi hamda 1997 yilda tug`ilgan B.B. boshqaruvida bo`lgan davlat raqami 01 Z 958 NB belgili Spark rusumli avtomashinasi ishtirokida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.
YTH natijasida Spark rusumli avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Shuningdek Spark rusumli avtomashinasining 1 nafar yo`lovchisi tan jarojat olib shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.
Barcha yo`l harakati qatnashchilaridan qoidalarga rioya qilishlarini so`raymiz, deyiladi xabarda.






