Qirg`iziston va Xitoy chegarasida 5,6 magnitudali bir necha zilzila sodir bo`ldi. Bu haqda Qirg`iziston Respublikasi Seysmologiya instituti xabar berdi.
Unga ko`ra, birinchi zilzila eng kuchlisi bo`ldi. 2:01 da zilzila magnitudasi 5,6 ni tashkil etdi. Shundan so`ng, 4 dan 5 gacha bo`lgan er qobig`ining navbatdagi tebranishlari sodir bo`ldi. Oxirgi er osti silkinishi 14:17 da qayd etildi.
Seysmologlarning aniqlashicha, er osti silkinishlari o`chog`i Xitoyda, 23 yanvar kuni 7 balli kuchli zilzila sodir bo`lgan joy yaqinida bo`lgan. Geografik jihatdan yaqinligi tufayli barcha er osti silkinishlari Qirg`izistonda ham sezilgan. Zilzila o`chog`iga eng yaqin qirg`iz aholi punktlarida er qobig`ining tebranish intensivligi 2,5 dan 4,5 ballgacha bo`lgan.






