AsosiyDunyo

Afrika terrorizmning global markaziga aylandi - BMT Bosh kotibi

'Afrika terrorizmning global markaziga aylandi - BMT Bosh kotibi'ning rasmi

Afrika butun qit`ada millionlab odamlarga ta`sir qiladigan terrorizmning global markaziga aylandi. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma`lum qildi.

Guterrishning ta`kidlashicha, terrorchilik tahdidi ko`plab Afrika mamlakatlarida, jumladan Somali, Kongo Demokratik Respublikasi va Mozambikda hamon saqlanib qolmoqda.

Jahon tashkiloti rahbarining fikricha, jahon hamjamiyati, birinchi navbatda, Afrika qit`asining rivojlanishi va u erda inson huquqlariga rioya etilishiga ko`maklashish uchun zudlik bilan chora ko`rishi kerak. 

"Izolyasiya, tengsizlik, maktabda ta`lim olish imkoniyatining cheklanganligi, kasbiy imkoniyatlarning etishmasligi, hukumat, muassasalar va qonunlarga bo`lgan ishonchning susayishi, inson huquqlarining buzilishi va jazosizlik hissi terrorizmning tarqalishi uchun sharoit yaratadi. Biz bu ayovsiz doirani buzishimiz kerak", - deya ta`kidladi u.

Bosh kotib Afrikaning ulkan salohiyatga ega ekanligini, ammo terrorizm mag`lub bo`lgandagina buni amalga oshirish mumkinligini ta`kidladi

    Boshqa yangiliklar