AsosiyDunyo

Turkiyada YTH oqibatida 6 kishi halok bo`ldi

'Turkiyada YTH oqibatida 6 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Turkiyaning markaziy qismidagi Kastamonu viloyatida yo`lovchi avtobusi bilan sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi tufayli kamida 6 kishi halok bo`ldi, 30 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Halok bo`lganlarning barchasi Turkiya fuqarolari, jarohatlanganlar yaqin atrofdagi shifoxonalarga etkazilgan, dedi viloyat gubernatori Meftun Dalli.

Unga ko`ra, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 05:50 da Istanbuldan Qora dengiz sohilidagi Sinop shahriga ketayotgan yo`lovchi avtobusi avtomobil yo`lining Kastamonu-Tashko`pru qismida ag`darilib ketgan.

“Afsuski, 6 nafar fuqarolarimiz halok bo`ldi, 33 nafari tan jarohati oldi, ulardan 3 nafarining ahvoli og`ir, barchasi kasalxonaga yotqizildi”, dedi gubernator TRT Haber telekanalida. U avtobus haydovchisi rulda uxlab qolganini istisno qilmadi. Viloyat rahbari hodisa sabablari aniqlanayotganini ma`lum qildi.

Polisiyaning dastlabki ma`lumotlariga ko`ra, Kastamonuda tundan beri yog`ayotgan qor halokatga sabab bo`lgani inkor etilmoqda. Boisi, hodisa yo`lning muzlamagan tekis qismida sodir bo`lgan. 

    Boshqa yangiliklar