AsosiyJamiyat

Buxoroda iste`molga yaroqsiz un sotmoqchi bo`lganlar ushlandi

'Buxoroda iste`molga yaroqsiz un sotmoqchi bo`lganlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda “K.B.” MChJ rahbari J.N. va boshqalar o`zaro til biriktirib, “M.” savdo belgisidan noqonuniy foydalanib, iste`molga yaroqsiz un mahsuloti savdosi bilan shug`ullanib kelayotganligi aniqlanib, MChJ savdo do`konidan 164 qop iste`molga yaroqsiz un mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar