Prezident Administrasiyasi Ijroiya apparatining kommunikasiyalar va axborot siyosati sektori mudiri Saida Mirziyoeva YuNESKO sobiq Bosh direktori Irina Bokova, “Og`a Xon” jamg`armasining madaniyat bo`yicha Katta maslahatchisi Franchesko Bandarin hamda “Wilmotte & Associés” arxitektura byurosining Boshqaruvchi direktori Borina Andryu bilan uchrashdi.
Unda yaqin vaqt ichida Samarqand shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan “Buyuk ipak yo`li” muzeyining loyihasi taqdimoti namoyish etilgan.
Muloqot davomida loyihaning o`ziga xos jihatlari, uni amalga oshirish bo`yicha ko`rilayotgan tayyorgarlik ishlari haqida fikr almashdik.
Shuningdek, uchrashuv davomida Mirzo Ulug`bek rasadxonasini rekonstruksiya qilish loyihasini ham ko`zdan kechirdik. Ushbu maskanda tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo`lgan inklyuziv muhit yaratiladi, - deydi Saida Mirziyoeva.






