Sudning 26 yanvardagi majlisida jabrlanuvchilar onlayn ko`rsatma berdi. Sog`ligi va moddiy tomondan qiynalgani sababli sudda qatnasha olmagani uchun ba`zi jabrlanuvchilarning ko`rsatmalarini sud raisi o`qib eshittirdi.
Jumladan, “Dok-1 Maks” siropini ichib vafot etgan Eliboev Sherzodbekning otasi Otaboev Samit sudlanuvchilarga umrbod ozodlikni cheklash jazosini so`rab, 50 mlrd so`m moddiy zarar undirib berilishini so`ragan.
Shuningdek, namanganlik jabrlanuvchi “Dok-1 Maks” siropini ichib vafot etgan Nosirov Mansurning otasi Nosirov Nodirbek farzandi avval shamollagani va siropni iste`mol qilganidan keyin ahvoli battar og`irlashganini aytgan. Marhumning otasi sudlanuvchilarga umrbod qamoq jazosini so`rab, 500 mlrd so`m tovon puli so`ragan.
Keyingi sud majlisi 29 yanvar kuni davom etadi.
27.01.2024 16:50
⚡️“Dok-1 Maks” fojiasi: jabrlanuvchi 500 mlrd so`m tovon puli so`radi






