2023 yil yanvar-dekabr oylarida ko`chib ketganlar soni 233,2 ming kishini tashkil etdi, shundan erkaklar soni 97,8 ming kishini, ayollar soni 135,4 ming kishi, ko`chib ketganlar soni shahar joylarida 158,7 ming kishini, qishloq joylarida 74,5 ming kishini tashkil etdi.
2023 yil yanvar-dekabr oylarida ko`chib ketganlarni yosh guruhlari bo`yicha taqsimlaganda 10,1 % mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 81,4 % mehnatga layoqatli yoshdagilar va 8,5 % mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to`g`ri kelmoqda.
O`zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko`chib ketganlarning asosiy qismi Qozog`iston Respublikasi (jami 81,1 %), Rossiya Federasiyasi (15,4 %), Janubiy Koreya (0,6 %), Qirg`iz Respublikasi (0,5 %), Turkmaniston Respublikasi (0,2 %) va boshqa mamlakatlar (2,2 %) hissasiga to`g`ri kelgan.
2023 yil yanvar-dekabr oylarida O`zbekiston Respublikasidan xorijiy mamlakatlarga ko`chib ketganlar soni 17 336 kishini tashkil etib, shundan erkaklar soni 8 270 kishini, (47,7 %) ayollar soni esa 9 066 kishini (52,3 %) tashkil etdi.
So`nggi 5 yil davomida xorijga ko`chib ketganlar soni ko`rsatkichi oylar kesimida tahlil etilganda, nisbatan kam xorijga ko`chib ketganlar soni 2019 yilda fevral oyiga, 2020 yilda aprel oyiga, 2021 yilda dekabr oyiga, 2022- yilda avgust va 2023 yilda dekabr oylarida qayd etilgan bo`lsa, eng ko`p xorijga ko`chib ketganlar soni esa 2019 yilda iyul oyiga, 2020 yilda oktyabr oyiga, 2021 yilda avgust, 2022- yilda oktyabr va 2023 yilda avgust oylarida qayd etilganligi kuzatildi.
Hududlar bo`yicha ko`chib ketish koeffitsienti eng yuqorisi Toshkent shahrida 23,2 promille, Navoiy viloyatida 12,2 promille, Toshkent viloyatida 9,2 promille, eng kam ko`rsatkich Namangan viloyatida 1,6 promille, Andijon viloyatida 2,5 promille va Farg`ona viloyatida 2,9 promilleni tashkil etgan.
Ko`chib ketganlarning o`sish sur`ati eng yuqori darajasi Navoiy viloyatida 141,3 % ga, Buxoro viloyatida 121,5 % ga, Qoraqalpog`iston Respublikasida 119,5 % ga, Xorazm viloyatida 118,3 % ga va Toshkent shahrida 110,8 % ga teng bo`lgan.
Ko`chib ketganlarning koeffisienti eng yuqori darajasi Toshkent shahrida 23,2 ‰, Navoiy viloyatida 12,2 ‰, Toshkent viloyatida 9,2 ‰, Sirdaryo viloyatida 8,5 ‰ va Qoraqalpog`iston Respublikasi 8,0 ‰ qayd etilgan.






