AsosiyJamiyat

Dorilarning teleradiokanallardagi reklamasi SSV tomonidan tasdiqlanadi

'Dorilarning teleradiokanallardagi reklamasi SSV tomonidan tasdiqlanadi'ning rasmi

Prezident farmasevtika sohasini tartibga solish to`g`risidagi qarorni imzoladi.

Dori vositalari va biologik faol qo`shimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish uchun ishlab chiqilgan kontent Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan xulosasi asosida efirga uzatiladi.

1 iyuldan boshlab dori vositalaridan foydalanish bilan bog`liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi yaratiladi.

Tizim xalqaro standartlar talablaridan kelib chiqib, quyidagilarni ta`minlaydi:

- zarur farmakologik nazorat amaliyoti (GVP) standartini joriy etish;
- Sog`liqni saqlash vazirligida tibbiyot tizimining barcha bo`g`inlaridan dori vositalarining nojo`ya ta`sirlari to`g`risidagi ma`lumotlarni yig`ish hamda tahlil qilish imkonini beruvchi elektron axborot tizimini yaratish.

Dori vositalarini tibbiy amaliyotda foydalanishga ruxsat etishda ularning xavfsizligini nazorat qilish tizimi ham joriy etiladi. Bunda, SSV inson salomatligiga zarar etkazish xavfi yuqori bo`lgan moddalar ro`yxatini shakllantiradi. 

    Boshqa yangiliklar