AQShda Jo Bayden ma`muriyati va Texas shtati gubernatori Greg Abbott o`rtasidagi "chegara xavfsizligi" bo`yicha kelishmovchiliklar avj olmoqda.
5 noyabr kuni AQShda prezidentlik saylovlari yaqinlashar ekan, mamlakat janubiy chegaralari xavfsizligini ta`minlash borasidagi munozaralar yangi ko`rinishga ega bo`la boshladi.
Chegara xavfsizligi va noqonuniy immigrasiya respublikachilar va demokratlar o`rtasidagi eng katta qarama-qarshiliklardan biri bo`lib, ular o`rtasidagi bahs Texasdagi AQSh-Meksika chegarasida sim to`siqlar o`rnatish bo`yicha Oliy sudning so`nggi qarori muvaffaqiyasizlikka uchraganidan keyin yanada kuchaydi.
Texas shtati tomonidan chegaraning ayrim qismlarida o`rnatilgan simli panjaralarni olib tashlash to`g`risidagi Oliy sud qaroriga rozi bo`lmagan gubernator Abbott, Milliy gvardiya bunday chora ko`rmasligini va hatto “chegarani himoya qilish” uchun yangi panjara o`rnatishini aytdi.
Abbott federal hukumatni harakasizlikda ayblab, Bayden ma`muriyati shtat chegaralarini noqonuniy muhojirlardan himoya qilish uchun hech narsa qilmaganini aytdi.
Eslatib o`tamiz, 25 shtatning respublikachi gubernatorlari Texas rasmiylarining harakatlarini qo`llab-quvvatlab, janubiy chegaralarni qo`riqlash masalasida har tomonlama yordam berishga tayyor ekanliklarini ma`lum qilgan edi.
Xususan, bir qator shtatlarning respublikachi gubernatorlari, asosan Oklaxoma, qo`llab-quvvatlash uchun Texas shtatiga ma`lum miqdordagi Milliy gvardiya qo`shinlarini yuborishga va`da berdi.
AQShning sobiq prezidenti, hozirgacha respublikachilardan prezidentlikka eng kuchli nomzod bo`lib turgan Donald Tramp ham Texas hukumatini qo`llab-quvvatlagan.
Tramp barcha shtatlarni AQShning janubiy chegaralarini noqonuniy muhojirlardan himoya qilish uchun Texasga milliy kuchlarini yuborishga chaqirdi.
Ayni paytda Amerika ommaviy axborot vositalarida Bayden ma`muriyati Texas hukumatiga Oliy sud qarorini bajarish uchun 24 soat vaqt bergani haqida ma`lumot paydo bo`ldi.
Mamlakatda Oliy sud qarori qanday amalga oshirilishi mumkinligi haqida bahs-munozaralar davom etar ekan, ba`zi ekspertlar Bayden "Texas milliy gvardiyasini federallashtirishi" mumkinligini taxmin qilishdi.
Garchi Amerika matbuoti Baydenning bunday usulni tanlashi siyosiy sabablarga ko`ra qiyinchiliklarga to`la bo`lishini yozsa-da, hamma keskinlik qanday yakunlanishini intiqlik bilan kutmoqda.






