AsosiyJamiyat

Bloggerlar oiladagi zo`ravonlikni oqlaydigan videosi uchun 15 sutkaga qamaldi (video)

'Bloggerlar oiladagi zo`ravonlikni oqlaydigan videosi uchun 15 sutkaga qamaldi (video)'ning rasmi

Bloggerlar oiladagi zo`ravonlikni oqlaydigan videosi uchun 15 sutkaga qamaldi.

2024 yil 27 yanvar kuni jinoyat ishlari bo`yicha Shayxontohur tuman sudida Sh. O. (1991 yilda Qoraqalpog`iston Respublikasida tug`ilgan, muqaddam ma`muriy javobgarlikka tortilgan) va R. A. (1990 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan, muqaddam ma`muriy javobgarlikka tortilmagan) oid ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish ko`rib chiqilib, sudning qarori e`lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar berdi.

Tuman sudining raisi T. Obidov tomonidan chiqarilgan sud qaroriga muvofiq Sh. O. va R. A. Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 189-1-moddasi (tazyiqni, zo`ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ`ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish), 189-2-moddasi (jins bo`yicha kamsitishni targ`ib qilish), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o`z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko`rsatish) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 15 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar