Toshkent shahar IIBB fuqaroning IIO xodimlarining harakatidan noroziligi aks etgan video lavhaga munosabat bildirdi.
Unga ko`ra, joriy yilning 26 yanvar kuni taxminan soat 03.00 larda Yunusobod tumanidagi "Uch qahramon" YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX va PPX xodimlari tomonidan 1994 yilda tug`ilgan O.K. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobil to`xtatilgan.
Haydovchi o`zini shubhali tutganligi sababli avtomashina tekshirilgan hamda saloni ichidan elim idishda giyohvand moddaga o`xshash modda borligi aniqlangan. Haydovchi ushbu modda nima ekanligiga aniq javob bera olmagach, xodimlar tuman IIO FMB mutaxassislarini chaqirtirgan. O`rganish jarayonida ushbu modda oddiy ko`chat urug`i ekanligi aniqlangan.
"Haydovchining harakatida qonun buzilishi holatlari bo`lmaganligi sababli unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilmagan. Hozirda xodimlarning harakatlari yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda", deyiladi ushbu izohda.






