AsosiyJamiyat

Qatar kompaniyasi Toshkent viloyatida bog` barpo etishga yordam beradi

'Qatar kompaniyasi Toshkent viloyatida bog` barpo etishga yordam beradi'ning rasmi

Qatar kompaniyasi O`zbekistonda ta`lim va ko`ngilochar bog` barpo etish loyihasida ishtirok etishi mumkin, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Ma`lum qilinishicha, elchixona ko`magida O`zbekistonning SilkRoadInvest Group mas`uliyati cheklangan jamiyati va Qatarning Power International Holding (PIH) kompaniyasi rahbariyati o`rtasida muzokaralar tashkil etildi.

Muzokaralar davomida Toshkent viloyatida 180 gektar maydonda umumiy qiymati 300 million AQSh dollariga teng bo`lgan Silk Road Land Edutainment Park bog`ini barpo etish loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

O`zbekiston vakillari Qatar tomoniga mazkur loyihaning biznes rejasini taqdimot qildi. Qizg`in muhokamalardan so`ng tomonlar o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uchrashuv yakunida mazkur loyiha joylashgan manzilni ko`zdan kechirish va uni amalga oshirish shartlarini batafsil muhokama qilish maqsadida 2024 yil fevral oyida Power International Holding kompaniyasi vakillarining O`zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish to`g`risida kelishib olindi.

Ma`lumot uchun, 1983 yilda tashkil etilgan Power International Holding Qatarning xususiy sektordagi eng yirik kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniya bugungi kunda dunyoning 19 ta mamlakatida faoliyat olib bormoqda. Forbes nashriga ko`ra, PIH Yaqin Sharqdagi o`n uchinchi eng yirik kompaniya hisoblanadi. Korxona ishchilari soni 65 mingdan ortiq. Shu kunga qadar amalga oshirgan loyihalari soni 1100 tani tashkil qiladi. Kompaniyaning Qatardagi oziq-ovqat sanoatidagi ulushi 70 foiz.

    Boshqa yangiliklar