AsosiyJamiyat

Po`lat Bobojonov Qashqadaryo viloyati IIBga yangi boshliq tayinladi

'Po`lat Bobojonov Qashqadaryo viloyati IIBga yangi boshliq tayinladi'ning rasmi

Polkovnik Abduvohid Ismoilov Qashqadaryo viloyati IIB boshlig`i etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari xabar berdi.

Abduvohid Ismoilov1965 yilda Jizzax viloyatida tug`ilgan. Bugungacha u Surxondaryo viloyati IIB boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Viloyat hokimligida o`tkazilgan tayinlov tadbirida ichki ishlar vaziri Po`lat Bobojonov ishtirok etdi.

Eslatib o`tamiz, 2023 yil iyul oxirlarida Farg`onada prezident boshchiligida bo`lib o`tgan yig`ilishda faoliyatida yo`l qo`ygan kamchiliklar uchun Farg`ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i Muhiddin Jo`raev lavozimidan ozod etilgandi. Uning o`rniga ichki ishlar vaziri o`rinbosari general mayor Azizbek Ikramov Farg`ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i etib tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar