AsosiyJamiyat

O`zbekiston korrupsiyani qabul qilish indeksida 5 pog`onaga yuqoriladi

'O`zbekiston korrupsiyani qabul qilish indeksida 5 pog`onaga yuqoriladi'ning rasmi

Bugun Transparency International  xalqaro nodavlat tashkiloti tomonidan Korrupsiyani qabul qilish indeksining 2023 yil natijalari e`lon qilindi.

180 ta davlat orasida O`zbekiston 33 ball bilan 121-o`rinni egalladi. Ahamiyatlisi, mamlakatimiz ballarini 2 taga oshirib, reytingdagi o`rnini 5 pog`onaga yaxshilashga (2022 yilda 126 o`rin) erishdi.

O`zbekiston mazkur indeksda so`nggi 7 yil davomida o`sish sur`atlarini qayd etayotgan (2017 yilda 22 baldan 2023 yilda 33 ballgacha) davlat sifatida e`tirof etilgan.

Bu boradagi ijobiy o`zgarishlar sifatida normativ-huquqiy hujjatlarda belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan turli aksilkorrupsiyaviy tartib-taomillarning ishlab chiqilgani, vazirlik va idoralarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlari samarali joriy etilgani qayd etilgan.

Shunigdek, korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan mansabdor shaxslarga nisbatan qat`iy javobgarlik choralari qo`llanilgani ham alohida ta`kidlangan.

    Boshqa yangiliklar