AsosiyJamiyat

Birjada narxlar pasaymoqda

'Birjada narxlar pasaymoqda'ning rasmi

O`tgan hafta davomida, ya`ni 22 – 28 yanvar kunlari “O`zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 10 547,8 mlrd so`mlik tovarlar sotilgan bo`lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 81,2% ga ko`pdir

Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 71,3% birja savdolariga, qolgan 28,7% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to`g`ri keldi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 7 519,5 mlrd so`mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:

Polietilen

O`tgan haftada birja savdolariga 3 499,0 tonna polietilen qo`yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning o`rtacha kunlik sotuv hajmlari 700,0 tonnani tashkil qildi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 923,6 ming so`mdan 16 725,5 ming so`mgacha pasaydi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 82 ta xaridor ishtirok etdi.

Omuxta em

O`tgan hafta mobaynida birja savdolariga 14 100,0 tonna omuxta em qo`yildi va undan 2 291,0 tonnasi, ya`ni 16,2% sotildi. 

Ko`rib chiqilayotgan davrda omuxta em bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 1 831,3 ming so`mdan 1 767,3 ming so`mgacha pasaydi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 14 ta xaridor ishtirok etdi.

Ammiakli selitra

Birja savdolari orqali 11 103,0 tonna ammiakli selitra sotildi. Ammiakli selitraning o`rtacha kunlik sotuv hajmlari 2 221,0 tonnani tashkil qildi. O`tkazilgan savdolarda har kuni o`rtacha 33 ta xaridor ishtirok etdi.

Ko`rib chiqilayotgan davrda ammiakli selitra bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 031,9 ming so`mdan 2 961,5 ming so`mgacha pasaydi.

    Boshqa yangiliklar