Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida ayanchli YTH sodir bo`lgani aks etgan video tarqaldi.
Hodisa bo`yicha Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, 2024 yil 30 yanvar kuni soat 16:45 larda Termiz tumani “Gulbahor” mahallasi hududidan o`tuvchi 4R 99 avtomobil yo`lining 25-kilometrida 1989 yilda tug`ilgan haydovchi “Nexia 3” avtomashinasini dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yuqori tezlikda boshqarishi natijasida ehtiyotsizlik qilib yo`lning o`ng tomon chetiga chiqib ag`darilgan.
Yo`l transport hodisasi natijasida avtomashina salonida yo`lovchi sifatida harakatlangan 2003 yilda tug`ilgan ayol olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan. Avtomashina haydovchisi esa tuman shifoxonasiga yotqizildi.






