Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga bergan hisobotida sement zavodlariga moratoriy e`lon qilinishi ma`lum qildi.
"Hukumatda bu masala ko`rib chiqildi va endilikda O`zbekistonda yangi sement zavodlarini qurishni to`xtatib qo`yamiz, balkim moratoriy e`lon qilarmiz.", — dedi vazir A.Abduhakimov.
Vazirning qayd etishicha, Respublikada mavjud 47 ta sement zavodining 23 tasi ayrim sabablarga ko`ra faoliyatini to`xtatgan. Qolgan 25 tacha zavod faoliyati o`rganilganda ularning 90 foizi ekologik talablarni buzayotgani aniqlangan.
“Har bir korxonaga biz ogohlantirish berdik”, - deya qo`shimcha qildi vazir.






