1,5 mingdan ziyod "bog`cha"da Davlat byudjetidan noqonuniy pul mablag`larini o`zlashtirish harakatlari mavjud. Bu haqda Maktabgacha ta`lim agentligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo`jaevaning ma`lum qildi.
2023 yil 27 dekabr holatiga:
734 ta DXSh asosida MTTlar tomonidan bir bolaning ma`lumotlari NMTTBATga kiritilib, uning fotosurati o`rniga boshqa bolaning fotosurati asosida davomati belgilanib kelgan. Natijada ularga nisbatan 8,8 mlrd so`m subsidiya to`lovlari uch oyga to`xtatildi;
895 ta DXSh asosida, jumladan, oilaviy MTTlar tomonidan vositachilar yordamida kompyuterlarda virtual mobil qurilmani yaratish orqali haqiqatda MTTga kelmagan tarbiyalanuvchi va xodimlarning davomati soxtalashtirilib NMTTBATga yuborgan. Ularga ogohlantirish xatlari yuborild. 8,9 mlrd so`m asoslanmagan subsidiya to`lovlarining moliyalashtirilishi oldi olindi.
Ma`lumotlar tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.






