AsosiyJamiyat

Xorazmda rossiyalik tibbiyot mutaxassislari seminar o`tkazdi

'Xorazmda rossiyalik tibbiyot mutaxassislari seminar o`tkazdi'ning rasmi

Qanday qilib bemorlarni tibbiy xatolardan himoya qilish va bunda standartlashtirishning hamda sog`liqni saqlash muassasalarida ichki auditning roli. Mazkur mavzular 1—3 fevralda Xorazmda rossiyalik mutaxassislar olib borgan seminarning bosh mavzulari sanaldi.

Bu Ona va bola salomatlik markazining Xorazm viloyat filiali va L.A.Voroxobov nomli 67-sonli Moskva shahar klinik shifoxonasining hamkorligi to`g`risidagi o`tgan yili imzolangan memorandumi asosida tashkil etilgan birinchi tadbir emas. 

Bu safar ta`lim seminarining mavzusi sifatida «Akusherlik stasionarlarida sifat menejment tizimi» mavzusi tanlangan. Ushbu seminarda Xorazm viloyatining homilador ayollarga tibbiy yordam ko`rsatish   tizimi muassasalari mutaxassislari ishtirok etdi. 

Zamonaviy tibbiyotning murakkabligini inobatga olgan holda tibbiy xatolarni ikki baravarga kamaytirish uchun har bir tibbiyot muassasasida aynan tibbiy faoliyat sifati va xavfsizligining ichki nazorat tizimini joriy etish kerak. Bu erda xalqaro tajribani o`rganish muhim rol o`ynaydi. 

Mazkur seminarda Moskva shahar Sog`liqni saqlash departamentining akusherlik bo`yicha shtatdan tashqari bosh mutaxassisi, L.A.Voroxobov nomli 67-sonli shifoxonasi rahbari Sergey Martirosyan va mazkur tibbiyot muassasasining Klinik-ekspert nazorat markazi rahbari Antonina Belinina trener sifatida qatnashdilar.   

O`quv seminari O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi, «Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM va memorandum ishtirokchilari tomonidan tashkil etildi.           

Ekspertlar taqdimotlarida ta`kidlanishicha, xalqaro tajribadan ko`rinishicha tibbiy xatolarning oldini olish, ular tufayli yuzaga kelganmurakkabliklarga chap berish jarayonni standartlashtirishga yordam beradi. Jarayonni tuzatish uchun sog`liqni saqlash muassasasining o`zida tibbiy faoliyati sifati va xavfsizligining doimiy ichki nazorati zarur.  Bunday ichki audit barcha sohalarga, jumladan, dori xavfsizligi, shoshilinch tibbiy tez yordamni tashkil etish, qabul bo`limi ishi, bemorlarni markazlashtirish prinsipini ta`minlashga taalluqli bo`lishi kerak.

Jahon tajribasida ko`rinayotganidek, faqat tibbiy xatolar mutaxassislarning bilimi sayozligi bilan bog`liq emas. Tibbiy xodimning biron ishda yanglishishi yoki o`z vaqtida bajarmasligi tibbiy texnologiyaning bir necha manipulyasiyani o`z ichiga olishidan kelib chiqadi. Masalan, jarrohlik hamshiralar ish vaqtining 70 foizida o`z xotirasida 20 tagacha topshiriqni saqlash kerak. Va bu erda standart operasiya jarayonini ishlab chiqish bo`yicha ichki nazorat doirasida lokal (shifoxona tomonidan ishlab chiqilgan) harakatlar yordam berishi mumkin. Jahon tajribasida ko`rinayotganidek, tibbiy xatolarning bor-yo`g`i 5 foizi tibbiy xodimlarning bilimi sayozligi va uning beparvoligiga bog`lik ekan. 

Shunday ekan, ichki audit yo`li bilan ishni tashkillashtirishdagi ojiz holatlarni aniqlash va tahlil etish — xatolarni minimallashtirishning muhim omilidir. 

Masalan, bemor shaxsini identifikasiyalash jarayoni ham bunday ojiz joy bo`lishi mumkin. Bu erda aynan jismoniy identifikatorlar, ya`ni bemorning ismi, familiyasi, otasining ismi, tug`ilgan sanasi qo`llanilishi kerak. Bir qaraganda bemorni identifikasiyalashdagi xato boshqa xatolardek jiddiyga o`xshamaydi. Lekin ular boshqa dori vositasini buyurishni, va hatto bemorni kerak bo`lmagan operasiyaga yo`naltirishni keltirib chiqarishi mumkin. Shunday qilib, shaxsni identifikasiyalashda bemorning ismi-sharifi, uning palata raqami, va boshqa belgilarni qo`llab bo`lmaydi.

Ichki auditlar aynan shu va boshqa kamchiliklarni aniqlaydi. Trenerlarning ta`kidlashicha, ular tarkibiga choraklararo rejali auditlar ham, hamda rejadan tashqari — bemorlarning shikoyati asosida va boshqa sabablar, masalan, ish sifati bo`yicha salbiy ma`lumotlar tufayli o`tkaziladigan auditlar ham kiradi ekan. 

Uch kunlik trening davomida Xorazm viloyati Sog`liqni saqlash tizimi mutaxassislari ko`rib chiqilayotgan mavzularning dolzarbligini baholaydi va o`zlarini qiziqtirgan savolllarga javob oldi.

Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar