AsosiyJamiyat

Belarus Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo`ldi

'Belarus Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo`ldi'ning rasmi

“Ko`ksaroy” qarorgohida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olishga bag`ishlangan tantanali marosim bo`lib o`tdi.

O`zbekiston va Belarus bayroqlari bilan bezatilgan maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Belarus etakchisini samimiy kutib oldi va shohsupaga taklif qildi. Ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o`tib, rasmiy delegasiyalar a`zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

    Boshqa yangiliklar