O`zbekiston va Belarus prezidentlari Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi.
Oliy martabali mehmon e`tiboriga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, lift va eskalatorlar, nasoslar, sanoat qozonxonalari, sovitish tizimlari kabi keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar taqdim etildi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta ishlab chiqarish quvvati joylashtirilgan. Joriy yilda bu erda logistika markazi ish boshlaydi.
Mahsulotlar xorijiy brendlar ostida va ular nazoratida ishlab chiqarilmoqda, ichki va xorijiy bozorlarda ularga talab yuqori. Tovarlar dunyoning 10 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda.
Prezidentlar etakchi korxonalar kooperasiyasini, tajriba almashish va texnologiyalar transferini kengaytirish zarurligini ta`kidladilar.






