AsosiyJamiyat

Endi “bolnichniy” varoq elektron tarzda beriladi

'Endi “bolnichniy” varoq elektron tarzda beriladi'ning rasmi

2022 yil 1 sentyabrdan Sog`liqni saqlash vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan yurtimizda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik varaqalarini elektron shaklda rasmiylashtirish test-rejimida amaliyotga tatbiq etilgan edi.

Hozirga kelib, bu jarayonlar to`liq yakunlanib, 2024 yil 1 yanvardan respublikaning barcha hududlarida mehnatga layoqatsizlik varaqalari va ma`lumotnomalarini faqat elektron shaklda rasmiylashtirish belgilandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, kasallik varaqalarini shakllantirishda 2 ta rol belgilangan:

Yaratuvchi (mehnatga layoqatsizlik varaqalarini yuritishga mas`ul tibbiy xodimlar: IT-operator hamshira, bosh hamshira yoki boshqa tibbiy xodim);

Tasdiqlovchi (bosh shifokor, uning o`rinbosari, mudir).

Shuningdek, hozirda respublika tashkilotlari, xususiy klinikalar, Sog`liqni saqlash vazirligi tizimida bo`lmagan boshqa vazirlik va idoralar tibbiy qismlarining rasmiy murojaati bo`yicha ularga tasdiqlash rollari berilyapti.

Tizimga kiritilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari to`g`risidagi ma`lumotlar Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reestri” (my.gov.uz) axborot tizimi hamda “UZASBO” dasturiy ta`minotiga elektron shaklda yuboriladi.

Xususiy tashkilotlar xodimining mehnatga layoqatsizlik varaqalari to`g`risidagi ma`lumotlarini olish uchun Mehnat.uz axborot tizimi hamda “UZASBO” dasturiy ta`minotiga integrasiya qilingan bo`lishi lozim.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar