5 fevralda ijtimoiy sohalardagi dolzarb masalalar muhokamasi bo`yicha o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan ko`rsatmalarni bajarish maqsadida, jumladan ona va bola salomatligini muhofaza qilish sohasida bir qator vazifalar belgilandi.
Ulardan biri bilan xalqaro ekspertlar ishtirokidagi o`quv seminarlari bilan O`zbekiston Respublikasining ona va bola o`limi ko`rsatkichi yuqori bo`lgan yigirmata shahar va tumanlaridan mutaxassislarini qamrab olish belgilangan.
Ushbu maqsadni amalga oshira turib, 8-9 fevralda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda akusherlikning dolzarb masalalari va onalar o`limini kamaytirish rezervi, tug`ruqqa yordam berish tizimi muassasalarida tibbiy yordam sifatini yaxshilash bo`yicha xalqaro o`quv seminar tashkil etildi.
Seminar Qarshi shahrida Ona va bola salomatligi respublika markazining Xorazm filiali bazasida bo`lib o`tyapti. Unda Qarshi shahri va Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand va Buxoro viloyatlaridan 30 nafar mutaxassisilar ishtirok etyapti.
Seminarning ochilishida Sog`liqni saqlash vaziri o`rinbosari Elmira Basitxanova va Respublika ona va bola markazi direktori Natalya Nadrxanovalar so`zga chiqdi
Trenerlar sifatida Belarus respublikasining «Mat i ditya» («Ona va bola») respublika ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari ishtirok etdi. Ular orasida akusher-ginekologlar, anesteziologlar, reanimatologlar ham bor.
Hozirgi paytda ular Ona va bola markazining Qashqadaryo filialiga tashrif buyurgan. U erda ular uslubiy va davolash bo`yicha yordamlar ko`rsatadi. Minsklik mutaxassislarning ishchi tashrifi jami bir oy muddatga mo`ljallangan.
Bunday o`quv seminarlari yaqin kelajakda O`zbekistonning yana 4ta hududida tashkil etiladi. Unga yaqin tumanlardagi mutaxassislar jalb etiladi.
Belarus respublikasining «Mat i ditya» («Ona va bola») respublika ilmiy-amaliy markazi akusher-ginekologi ta`kidlaganidek, O`zbekiston Respublikasida Milliy klinik protokollar (MKP)ni ishlab chiqarish jarayoni yaxshi yo`lga qo`yilgan. Chunki xalqaro mutaxassislar tomonidan olib boriladigan har qanday o`qituvchilik jarayoni taqdim etilayotgan materiallarning MKP talablariga moslashuvi bilan kechadi. Ekspert O`zbekistonda Milliy protokollarning xalqaro standartlar va mezonlar asosida tuzilganligini, ularning zamonaviy va eng yangi ilmiy isbotlarni o`z ichiga olishini e`tirof etdi. Bunday protokollar bo`yicha ish olib borish onalar o`limi ko`rsatkichini pasaytirishga olib boradi. Muhimi, MKPlar homiladorlik vaqtida xavfli dori preparatlarini qo`llamaslikka olib keladi, va umuman polipragmaziya omilini inkor qiladi.
Belarus mutaxassisi barcha Protokollarning baholanishi va JSST mutaxassislari tomonidan xalqaro ekspertizadan o`tishini, bu bugun butun dunyoda Protokollar tuzishga qo`yilgan asosiy talablardan biri ekanligini alohida ta`kidladi.
Shuningdek, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida O`zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi o`rtasida hamkorlikni yo`lga qo`yish doirasida 8 fevralda O`zbekiston Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Belarus Respublikasi Grodny oblast ijroiya qo`mitasi sog`liqni saqlash bosh boshqarmasi o`rtasida Hamkorlik haqida bitim imzolandi. Belarus tomonidan Bitimni Grodny oblast ijroiya qo`mitasi mazkur tizimi boshlig`i Lyudmila Keda imzoladi.
Bitim ikki mamlakatning davolash muassasalari o`rtasidagi o`zaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni, davolash-profilaktika tashkilotlari o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aloqalarni kengaytirishni, amaliy tibbiyot sohasida tajriba almashishni nazarda tutadi.
Shuni qo`shimcha qilamizki, O`zbekiston rahbariyati tomonidan mamlakat sog`liqni saqlash tizimi oldiga perinatal markazlarni boshqarishga zamonaviy menejment ko`nikmalariga ega xorijiy mutaxassislarni jalb etish vazifasi qo`yildi. Reproduktiv salomatlik va homilador ayolni davolash bo`yicha texnologiyalarni 8,5 ming akusher o`rganib chiqqan bo`lishi kerak. Barcha tug`ruq majmualari bosqichma-bosqich zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanadi.






