2024 yil 9 fevral kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida bo`lib o`tayotgan Musulmon donishmandlar kengashi yig`ilishida O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ushbu Kengashga qabul qilinganlari e`lon qilindi.
Musulmon donishmandlari kengashi raisi, Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib janoblari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini ushbu nufuzli kengash a`zoligiga qabul qilish haqidagi qarorni o`qib eshittirdi. Ahmad Toyyib janoblari o`z so`zida Markaziy Osiyo mintaqasida hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan ko`plab ulamolar orasidan faqatgina O`zbekiston muftiysi a`zo qilinganiga alohida urg`u qaratdi.
Yig`ilishda ishtirok etayotgan dunyoning etakchi va taniqli ulamolari Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarini Musulmon donishmandlar kengashiga qabul qilinganlari tarixiy voqea bo`lganini ta`kidlab, yurtimizdagi diniy-ma`rifiy sohadagi islohotlarni yuksak e`tirof etdilar...






