AsosiyJamiyat

Toshkent aeroporti hududida ayrim cheklovlar joriy etildi

'Toshkent aeroporti hududida ayrim cheklovlar joriy etildi'ning rasmi

Hozirgi kunlarda Toshkent aeroporti hududida mavjud terminalni kengaytirish maqsadida qurilish ishlari olib borilmoqda. Shu munosabat bilan qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan joylarda xavfsizlikni ta`minlash hamda odamlarning to`planishining oldini olish maqsadida aeroport hududida ayrim cheklovlar joriy etildi. Bu haqda  Uzbekistan Airports xabar bermoqda.

Unga ko`ra, avtotransport vositalari, jumladan, taksilar va sayyohlik avtobuslari kirishi uchun xalqaro terminal avtoturargohi yonida yo`lovchilarni tushirish/olish uchun alohida yo`lak ajratilgan. Ushbu yo`lakdan foydalanish bepul va yo`lovchilarni tushirish/olish muddati 10 daqiqadan oshmasligi lozim. Uzoqroq vaqtga to`xtash kerak bo`lsa, avtoturargohdan foydalanish lozim.

Shuningdek, terminalda rekonstruksiya ishlari munosabati bilan “Toshkent” xalqaro aeroportining jo`nab ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha cheklangan. Istisno tariqasida, homilador va bolali ayollar, qariyalar va nogironlarga hamrohlik qiluvchi shaxslarga jo`nab ketish zaliga kirishga ruxsat etiladi. Kuzatuvchilar o`zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat olib kelishlari kerak.

Uzbekistan Airports kompaniyasi rahbariyati va Toshkent xalqaro aeroporti ma`muriyati vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so`radi.

    Boshqa yangiliklar