Toshkentning ikki tumanida aholi vaqtincha gaz ta`minotidan uziladi. Bu haqda "Hududgazpoytaxt" xabar berdi.
Toshkent shahar Sergeli 8A mavzesidagi er osti gaz quvurlarini qayta qurish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan Sergeli va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 12 fevral kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to`xtatiladi.
Sergeli tumani
Aholi iste`molchilari: Sohibkor, Yangi Sergeli, Ezgulik, Madadkor, Ziyrat, Mehrigiyo, O`zgarish, Habibiy, Saxovat, Qipchoq, Nurhayot, Ittifoq, Nilufar MFYlaridagi 347 ta ko`p qavatli uylardagi 18 953 ta xonadon; Daryo bo`yi, Sofdil, So`g`diyona MFYlaridagi 4072 ta erli xonadon.
Ulgurji iste`molchilar: Ushbu hududlardagi ulgurji iste`molchilar.
Yangihayot tumani
Aholi iste`molchilari: Yo`ldosh, Mash`al, Yangi turmush, Olchazor, Xushnud, Navqiron, Yorqin hayot, Choragon, Chorbog`, Viktor, Al-Farg`oniy, Do`stlik, Iqbol, Toshkent, Fayzli MFYlar ko`p qavatli uylaridagi 12 559 ta xonadon va 3711 erli xonadon.
Ulgurji iste`molchilar soni – 226 ta
Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta`minoti filiali iste`molchilardan uzr so`ragan.






