Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Nexia-2 Namangandagi kanalga tushib ketgani aks etgan video haqida xabar beran edik.
Xodisa 3 fevral kuni Pop va Mingbuloq tumanlarini bog`lovchi kanalda sodir bo`lgan. Nexia-2 haydovchisi mashinani Mingbuloq tumanidan Pop tumani To`da qishlog`i tomonga olib o`tish uchun paromga chiqargan. Biroq, u tormozni bosish o`rniga gaz pedalini tepgan. Natijada, mashina kanalga tushib ketgan. Bu haqda IIVning xabar bermoqda.
Avtomobil ichida bo`lganlar hodisa sodir bo`lgan paytda mashinadan chiqib olgan. Kanalda suv sathi va tezligi yuqori bo`lgani sabab mashinani qidirish ishlari olti kun davom etgan va u 9 fevral kuni 8 metr chuqurlikdan aholi yordamida chiqarib olingan.
Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo`lmagan. Haydovchi mashina kanalga tushib ketgan paytda undan chiqib olishga muvaffaq bo`lgan.






